У нас есть только
оригинальные песни

Samarqandda noqonuniy taksi haydovchilariga qarshi kurash boshlanadi

calendar 14.01.2016
1297

Samarqand viloyatida noqonuniy taksi haydovchilariga qarshi kurash hamda transport infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu haqda Sputnik agentligi viloyat hokimiyatidagi axborot manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Soliqchilar IIB Yo'l xarakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari bilan birgalikda noqonuniy taksi haydovchilarini aniqlash bo'yicha reyd tadbirlarini kuchaytirish, buning uchun viloyatning har bir tumanida maxsus guruhlar tashkil etishni rejalashtirgan.

O'tgan 2015 yili yo'lovchilar va sayyohlarga transport xizmatlarini ko'rsatish sifati bo'yicha o'tkazilgan maxsus monitoring jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlangan edi. Maxsus tuzilgan reyd guruhlari yo'llarda 145 mingdan ziyod transport vositasini tekshiruvdan o'tkazib, 1,5 mingi yo'lovchilarni litsenziyasiz tashigani, 472 nafari zarur hujjatlarsiz avtomobil boshqargani aniqlandi. 517 holatda esa o'rnatilgan gaz ballonlari tekshiruvdan o'tkazilmagani ma'lum bo'ldi.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko'ra, viloyat hududida 5 mingdan ziyod taksi haydovchilari litsenziyasiz va texnik hamda tibbiy ko'riklarsiz faoliyat ko'rsatgan. Ular aholi ko'p to'planadigan joylarda tartibsiz turargohlarni tashkil etib, tirbandliklar va yo'l-transport hodisalariga sabab bo'lishmoqda.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida yo'lovchilarni tashishga ixtisoslashgan 142ta tashkilot faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning parkida 800ta avtobus, 2100ta mikroavtobus va 2400ta taksi, jami bo'lib 5300ta transport vositasi mavjud.

Яндекс.Метрика