У нас есть только
оригинальные песни

Samarqandda Soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

calendar 17.03.2018
822

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanida iqtisodiy loyihalar bilan tanishish chog‘ida topshiriq berdi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari soya yog‘i xaridorgir va sog‘liq uchun foydali ekani, uning shroti parranda uchun zarur oziqa bo‘lishini ta’kidladi.

Shu yerda Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Prezident loyihalar qamrovini oshirish, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashib, aytgan masalalarini joyida hal qildi.

Яндекс.Метрика