У нас есть только
оригинальные песни

Samarqandda «TikTok»chi qamaldi

calendar 19.10.2022
404

«TikTok»da ikki millat orasiga nifoq solmoqchi bo‘lgan shaxs 15 sutkaga qamaldi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12 oktyabr kuni Samarqand viloyati huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahrida yashovchi, 1998 y.t. A.A. «TikTok» platformasida ochgan profili orqali qo‘shni davlat fuqarosi bilan o‘zaro «BATL» qilishi natijasida, ikkinchi tarafni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, ikki millat fuqarolari orasida nifoq keltirib chiqarishga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir qilgani aniqlangan.

«Ushbu so‘zlar orqali sodir etilgan janjal, taraflarning ommaviy janjali bilan yakunlanishi, ikki davlat fuqarolari orasiga nifoq solinishining oldi olindi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Samarqand shahrida yashovchi «TikTok»chiga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi», deyiladi viloyat IIB xabarida.

Яндекс.Метрика