Samarqandda Yangi yil kuni restoranlarning ishlashi taqiqlandi

Samarqand viloyat hokimiyatida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko'rish va va uni kutib olish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishga viloyat hokimi Z. Mirzaev rahbarlik qildi.

Uchrashuv davomida shahar ko'chalarida bayram shukuhini yaratish, xiyobon va binolarni bezash, maydonlar va tashkilotlarda archalar o'rnatish, xayriya va madaniy tadbirlar o'tkazish masalalari muhokama qilindi. Tadbirlar tashkil etish, ularga artistlar, aktyorlar va iqtidorli yoshlarni jalb qilish uchun javobgarlik madaniyat va sport ishlari bo'yicha viloyat boshqarmasi zimmasiga yuklandi.

Xavfsizlik masalasiga alohida to'xtalindi. Viloyat rahbari huquq-tartibot organlari va fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari oldida turgan asosiy vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, odamlar to'planadigan joylarda IIB xodimlari va jamoat tashkilotlari ishchilaridan iborat guruhlar navbatchiligini tashkil etish, pirotexnika vositalarining sotilishini cheklash belgilandi. Shuningdek, ko'chalarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya me'yorlariga mos kelishini jiddiy tekshirish, sertifikatlanmagan mahsulotlarni sotishni taqiqlash ko'rsatildi.

“Samarkandskiy vestnik” nashrining yozishicha, an'anaviy savdo yarmarkalarining tashkil etilishiga mas'ul shaxslar belgilanib, ularda qishloq xo'jaligi mahsulotlari past narxlarda va to'lov terminallari vositasida sotilishi belgilandi. Bundan tashqari, restoran, bar va kafelar faoliyatiga cheklov o'rnatildi. Yangi yil bayrami o'tadigan kunlarda bunday muassasalarga soat 23:00ga qadar ishlash tavsiya etildi, bunda to'plangan mehmonlar soni 400 kishidan oshmasligi kerak. Yangi yil oilaviy bayram ekanligi inobatga olingan holda, 31 dekabr kuni bunday muassasalar yopiladi.


Комментарии (1) | Добавить: 17.12.2015
1. ♡GOLD_media♡ (18.12.2015 21:44)
zorku
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi
Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda
Shakardan voz kechishning 3 usuli
Jahon chempionati uchrashuvini ilk marta ayol hakam boshqaradi
Neymar eng yaxshi futbolchi sifatida Messini ortda qoldirdi
Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi
Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi
Dubay aeroportida yuzni aniqlovchi virtual tunnel-akvarium paydo bo‘ladi
Telefon suvga tushsa nima qilish kerak?
Hindistonda oq yo'lbarschalar park xodimini g'ajib tashladi
O'zbekiston​ 2020 yilgi MDH raisligiga da`vo qilmoqda
Las-vegaslik merganning miyasi o'rganildi
Messi tarixga kirdi
Miyani chiniqtiruvchi 5 ta jismoniy mashq
Bo‘ysunmaydigan sochlarni qanday uddalash mumkin?
Shavkat Mirziyoyev Sochiga jo‘nab ketdi
Turkmanistonda gaz, elektr va suvdan bepul foydalanish bekor qilinadi
FIFA prezidenti Infantino Maradona va Messini taqqoslab ko'rdi
Putin bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan gubernatorlarni tayinlashda davom etmoqda
Milliy xavfsizlik xizmati bir necha yirik valyutafurushlarni qo'lga oldi