У нас есть только
оригинальные песни

Samarqandlik fuqaro tandir eksportini yo'lga qo'ydi

calendar 11.12.2015
1933

Samarqandning “Qo'shchinor” mahallasida tandirsozlar avlodining davomchisi hisoblangan Masehjon Nasriev istiqomat qiladi.
«Pravda Vostoka» nashrining yozishicha, u o'zining birinchi tandirini maktabni tamomlagan vaqtda tayyorlagan. Uni o'z do'stiga sovg'a qilgan.

Chinakam usta tomonidan yasalgan tandir bir necha yillar davomida egasiga xizmat qiladi. Masehjonning tandiri sinfdoshining oilasida bir yilcha ish beradi. Shunda u hali tandirchilikning nozik sirlarini to'liq o'zlashtirib olmaganini tushunib etadi. Loy bilan ishlash faqatgina qattiq mehnat va chidamlilikni emas, balki uni tayyorlash bo'yicha bilimlarni egallashni talab qilishini anglab etdi.

Tandirsozlik ishini puxta o'zlashtirgan M.Nasriev endilikda bu hunarni o'g'li Yusufjonga ham o'rgatmoqda. An'anaga ko'ra, u ham ilk tandirini yaqin do'stiga tortiq qildi. 
Bugungi kunda Nasriev tandirlari nafaqart O'zbekiston, balki Rossiya, Amerika va Isroilda ham o'z xaridorlarini topmoqda. Yaqinginada esa pochta orqali navbatdagi tandir Yaponiga yuborildi.

Яндекс.Метрика