Samarqandni "zulmat"dan kim qutqaradi?

Mana o'n kundirki, Samarqand aholisi elektr energiyasining tez-tez o'chirilishidan aziyat chekmoqda. Hech kim elektr quvvati qachon o'chishini oldindan taxmin qila olmaydi. Ba`zan, har 2-3 daqiqada yoki 5-15 daqiqa yorug'lik manbaidan mahrum qilishadi va qayta ulashadi. Bularning bari, go'yoki insonlarni qasddan mazax qilayotgandek taassurot uyg'otadi. Nima qilish kerak, kimga murojaat qilish lozim? Nuz.uz saytida e`lon qilingan maqolada, muallif T. Raxmatullayev shunday savol bilan murojaat qiladi?

Uning yozishicha, 12 yanvar kuni «Samarqand (viloyat) hududiy elektr tarmoqlari qorxonasi» OAJ direktori G'ulom Primov qabulida bo'lgan. Jurnalist elektrenergiyasining tez-tez o'chirilishi sababiga oydinlik kiritishni xohlagan. Direktor bu masala sababini ma`lum qilib, Sirdaryo elektrstansiyasida yuz bergan avariya tufayli agregatlardan biri 3 kun mobaynida ishlamagan. «Hozirda stansiya to'liq quvvat bilan ishlamoqda va yorug'lik manbai bilan bog'liq muammo hal etiladi», - degan ochiq aksiyadorlik jamiyati rahbari ishonch bilan.

Afsuski, o'sha kundan beri hech narsa o'zgargani yo'q, -deya qayg'uradi muallif hamda o'z so'zlarining isboti sifatida elektrenergiyasining 13 yanvardagi uzilish va ulanish vaqtlarini qayd qilgan jadvalni havola qiladi.

Bu jadvaldan ko'rish mumkinki, elektr kelishi va uzilishi o'rtasida, asosan, 1-3 daqiqa farq bor! Tasavvur qiling, bu insonning asabiga qanchalik tegishini. Uyida generatori bo'lgan tanishimning aytishicha, deb yozadi maqola muallifi, apparatga endi yetib borganda, tok keladi, o'chirganda, elektrenergiyasi ham o'chadi.

Muallif 16 yanvar kuni shahar elektr tarmog'ida bo'lgan va uning rahbari Alisher Mutalibov bilan uchrashgan. Elektrenergiyasidagi uzilishlar xususida so'zlagan rahbar energiyaning yetmayotganini tan olgan.

«Nima uchun bu narsani hech kim ochiqcha tan olmaydi va oshkora gapirmaydi?», - degan savol esa javobsiz qolgan. Agar odamlar yuzaga kelgan vaziyat sabablarini bilganida, bunchalik aziyat chekishmas, balki ahvolni to'g'ri tushunishgan bo'larmidi?

Muallif viloyat elektr tarmog'i rahbari Primovga bildirgan taklifini A.Mutalibovga ham bildirganini aytadi. Taklif shundan iboratki, ishlab chiqarilayotgan energiya yetishmayotgan ekan, shahar bo'yicha jadval ishlab chiqilib, aholini undan xabardor qilinsa, toki qachon, qaysi soatda elektrenergiyasi bo'lmasligini bilgan xalq, shunga qarab ishini rejalashtirishiga imkon bersa bo'ladi-ku? Ma`lum bo'lishicha, Namanganda ayni tajriba hayotga tatbiq etilgan ekan. Bu haqda ma`lum qilgan jurnalist Anastasiya Lebedeva, «kecha kechqurun faqatgina 15 daqiqaga o'chirishdi», deya qayd etgan edi. Bu taklifni tinglagan suhbatdosh, ayni vaqtda bu masala o'rganilayotganini aytgan. Mutalibovga ko'ra, ikki yil muqaddam, Primov ham shu haqda so'z yuritgan …

Maqola muallifi bo'lgan jurnalist, o'sha kuni Mutalibov qabuliga bir necha odam kelganiga guvoh bo'lgani haqida yozadi. Biroq, shahar elektr tarmog'i rahbari hech kimga biror so'z demasdan qayoqqadir keta boshlagan.

U jurnalistning «shuncha inson qabulingizga kirish uchun ertalabdan navbatda turibdi, siz nimaga ketyapsiz?», degan savoliga vazir o'rinbosari kelib, uchrashuvga chaqirayotganini ro'kach qilgan. Jurnalist unga, soat 11 gacha odamlarga qabul qilishi shart ekanini xotirlatganiga javoban, Mutalibov «men nima qilishim kerak, vazir o'rinbosari kutib o'tirmaydi», deya javob bergan va xonasidan chiqib ketgan.

Muallif, qabul kelgan fuqarolar tashvishlari, muammolari bilan qiziqqan. Ular bir necha bor shahar elektr tarmog'iga murojaat qilganiga qaramay, elektr energiyasi tarmog'idagi nuqsonlar bartaraf etilmayotgani, muammolar hal etilmayotganidan nolishgan.

Raxmatullayevning aytishicha, maqolada elektrenergiyasi tez-tez o'chiriladigan mahallalarni nomma-nom qalamga olishning keragi yo'q. Chunki, shahar bo'yicha deyarli shu ahvol. Samarqand viloyatining qishloq joylarini esa, gapirmasa ham bo'ladi. Eng yomon holat esa, 16 yanvar kuni bo'ldi, deb yozadi muallif. Ko'plab mahallalarda kunbo'yi tok bo'lmagan. Xususan, Bog'imaydon mahallasida tonggi 6:30da o'chirilgan elektrenergiyasi 17:00da kelgan. Shundan so'ng, kechki 22:00gacha yana 6 marta o'chirilgan.  Obirahmat va Kircha mahallalarida ham shunday vaziyat qayd etilgan.

Raxmatullayev, maqolasini davom ettirar ekan, shaharliklarning fikrlarini ham keltirib o'tadi. Jumladan professor Xurshid Samibayev shunday degan: «Men 80 yoshdaman. Nima qilish kerak? Bizning So'zangaron mahallamiza na elektr bor, na tabiiy gaz. Yaqinda ko'zimdan jarrohlik amaliyoti o'tkazdim. Bunday sharoitda, zo'rg'a tuzalayapman. Shaxsan boshqarmaga borolmayman, telefon qilsam, hech kim javob bermaydi. Nima qilaylik? Chiroqsiz va issiqlik manbaisiz qishni qanday o'tkazaylik?».

Nataliya Marmazinskaya: «Sevali ("8 Mart" fabrikasi qarshisida) mahallasida, Shota Rustaveli va Al Xorazmiy ko'chalarida ham shu ahvol. Bolalarga achinaman, nima qorong'u xonalarda yaxshi ta`lim ham olisholmaydi. Uyga vazifalarini ko'ngildagidek bajarisholmaydi. Ertalab, odamga o'xshab nonushta qilisholmaydi. Bolalar uchun uzluksiz asabbuzarlik va ko'rish qobiliyatining buzilishi. Bunday asabbuzarlik kattalar uchun keragidan ortiq. Endi shifoxonalarni bir o'ylab ko'ring! Keksalarga achinaman. Samarqandliklarning barchasiga achinaman. Bu hol esa bir necha yillardan beri davom etib kelmoqda. Nahotki, shuncha yillar mobaynida vaziyatni o'nglashning imkoni va odamlarga azob bermaslikning iloji bo'lmagan?!».

Feruza Sharapova: «Uch marta Prezident portaliga qo'ng'iroq qildim. Uch kundan so'ng, dastlab qo'ng'iroq qilishdi, so'ngra manzil bo'yicha kelishdi. Uzr so'rashdi, elektrtarmog'i va gazchilar bilan masalani oydinlashib olishini aytishdi. Ammo, natija yo'q. Kuni kecha, menga maktub yo'llashibdi. Unda, murojaat qilgan masalam ijobiy hal qilinganmish. Aslida, unday emas! Elektrenergiyasi va gaz muammosini hech kim hal qilgani yo'q. Aksincha, battar bo'ldi. Endi, o'sha ishchilar, qayoqqa, yozsang yoz, deya tahdid ham qilishmoqda».

Ko'pchilik aholi esa, shaharda o'nlab ko'p qavatli uylar, shahar atrofida namunali uylarni qurishdan avval, ularning elektr ta`minoti haqida, nahotki, o'ylashmagan bo'lsa?, degan savollarni ham berishmoqda?

Vujudga kelgan vaziyat nafaqat aholiga noqulaylik tug'dirmoqda, balki korxonalar, tashkilotlar, ta`lim, maktabgacha tarbiya va tibbiy muassasalari, banklarning bar maromda ishlashiga xalaqit bermoqda.

Aholining ko'p sonli murojaatlariga esa, mahalliy hokimiyat organlari,  «O'zbekenergo» AK, uning joylardagi bo'limlari na javob beradi, na sababini tushuntiradi. Eng yaxshi holatda, kabelga zarar yetgani, aholining, tabiiy gaz yo'qligi tufayli elektr isitgichlardan ommaviy foydalanayotganini ro'kach qilishadi. Masalan, «O'zbekenergo» muallif murojaatlaridan biriga yo'llagan javobida, elektrenergiyasidagi uzilishlar uchun bosh aybni aholi zimmasiga yuklagan edi. Ya`ni, unga ko'ra, aholi qishning qironli kunlarida qo'lbola isitish qurilmalaridan foydalanayotgan ekan.

Ammo, kunduz kunlari havo iliq bo'lmoqda. Shunga ko'ra, aholining ommaviy ravishda elektr uskunalaridan foydalanishi tok uzilishlariga sabab bo'la olmaydi. Shu bilan birga, «ommaviy qarzdorlik» ham bunga sabab bo'lishi mumkin emas. Chunki, har bir mahallada, aksariyat fuqaro foydalangan elektrenergiyasi uchun o'z vaqtida to'laydi. Vijdonsizlar borasida esa, ularni aniqlab, qonun bo'yicha jazolash lozim. Ular sababli, qonunga rioya qiluvchilar jabr chekishi kerak emas-ku, axir.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari va 2017 yil iqtisodiy dasturining dolzarb yo'nalishlariga bag'ishlangan kengaytirilgan majlisida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev adolatli savolni qo'ygan edi: ««O'zbekenergo» AJning ishchilari soni – 67 ming kishi, shu jumladan, to'lovlarni «yig'uvchilar» bo'lishiga qaramay, ulkan debitorlik qarzlari borligini qanday tushinish mumkin?»

Davlat rahbarining ushbu chiqishidan so'ng, aholida, nihoyat, davlat mulozimlari ularning so'zlarini tinglashiga doir umid uyg'ondi.

Shunday o'zgarishlar kutilayotgan bir vaqtda, «O'zbekenergo» AJ rahbariyati va ishchilari, Samarqand hokimiyati vakillari aholi bilan oshkora muloqotni yo'lga qo'yib, elektrenergiyasidagi uzilishlar sababini ochiq-oydin tushuntirishadi. Balki, yuzaga kelgan vaziyatni yaxshilash borasida amaliy choralar ham ko'rilar hamda qadimgi va hamisha navqiron Samarqand zulmatdan yorug'likka chiqar?

Manba: kun.uz


Комментарии (0) | Добавить: 19.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Buxoroda konditsionerli avtobus bekatlari paydo bo‘ldi
“O‘zbekkonsert” rahbari o‘zgardi
Putin kelajakda atom bombasidan ham xavfliroq narsa nima bo'lishini aytdi
Yakkasaroy hokimiyati o'z binosini Maktabgacha ta`lim vazirligiga bo'shatib beradi
O'zbek shou-biznes vakillari paxta terishmoqda! (Foto)
Mavsumiy kasalliklar: gripp, paragripp, adenoviruslar va rinoviruslar
“Asakabank”ni 9 yil boshqargan Qahramon Aripov O‘zbekiston bog‘cha vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Shotlandiyada bolalarni jismoniy jazolash man etildi
Gulnora Karimovaning 784 mln. dollariga AQSh va Niderlandiya da`vo qilmoqda
Ayol kishi nega erkaklardan kamroq pul topishi ma`lum bo'ldi
Google xakerlarni o'z ilovalarini buzib kirganlik uchun mukofotlaydi
Turkmanistonda gazni qayta ishlash bo'yicha eng yirik zavod qurilmoqda
O'zbekistonda yoshligi o'tgan Sobchakning qizi Rossiya prezidenti bo'ladimi?
Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi
Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi
Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi