У нас есть только
оригинальные песни

Samo guruhidan ijodiy yangiliklar

calendar 06.08.2015
1349

O'zbek estradasida o'z o'rnimni topaman deb shiddat bilan ijod qilayotgan umidli yoshlar talaygina. Ulardan biri Mashrab Madaminov va Alijon Muxtorovdan tashkil topgan Samo guruhidir. Ishbu guruh a'zolari ham ayni damda muxlislar qalbidan joy egallash uchun tinmay ijod qilmoqda. "Sog'inganimda", "Kechmagin oson", "Samodagi sevgi" kabi qo'shiqlarini omma e'tiboriga havola etgan va bu bilan ko'pchilikning nazariga tushishga ulgurdi. Ayni damda yangi tarona ustida ish olib borilmoqda va tez kunda muxlislarga taqdim etiladi. Biz bu yosh va umidli ijodkorlarga omad tilaymiz. Yangi qo'shiqlarini kutib qolamiz.
Яндекс.Метрика