У нас есть только
оригинальные песни

Samsung AQSh bozorida Apple’dan o'tib ketdi

calendar 05.05.2016
1370

Samsung kompaniyasi AQSh smartfonlar bozorida Apple’dan o'tib ketib, etakchilikni qo'lga oldi. Bu haqda Counterpoint Research tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda BusinessKorea xabar bermoqda

Ma'lumotlarga ko'ra, Samsung mart oyida AQShda eng ommabop smartfonlar ishlab chiqaruvchisi bo'ldi va bozorning 28,8 foizini egalladi, Apple esa bozorning 23 foizini egallamoqda. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Samsung’ning AQSh bozorida etakchi bo'lishiga Galaxy S7 smartfoni chiqarilishi yordam berdi. Bu smartfon kompaniyaning avvalgi modelidan ko'ra ko'proq ijobiy fikrlar olgan.

3-o'rinni esa bozorning 17,1 foiz ulushi bilan LG, 4-o'rinni Xitoyning ZTE kompaniyasi (6,6 foiz), 5-o'rinni Alcatel (4,5) egallamoqda.

Avvalroq Apple investitsion fondi boshlig'i kompaniya rahbari Tim Kukning iste'fosini talab qildi.

Яндекс.Метрика