У нас есть только
оригинальные песни

Samsung AQShda eng ko‘p hurmat qilinadigan kompaniya deb topildi

calendar 07.07.2015
1373

Reputation Institute xalqaro konsalting kompaniyasi tuzgan reytingga ko‘ra, Samsung Electronics AQShda eng ko‘p hurmat qilinadigan texnologik kompaniya deb topildi. O‘tgan yilgi reytingda bor-yo‘g‘i 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, o‘zining ommabop mahsulotlari va xizmatlari evaziga Janubiy Koreya korporatsiyasi yangi reytingda Microsoft, Google va Intel kabi Amerika gigantlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Amerika bozorida eng obro‘li IT-kompaniyalari ro‘yxatining yangi nashrida ikkinchi o‘rinni Hewlet-Packard egallagan. Kuchli o‘nlikdan esa Microsoft, Google, SAP, Intel, NCR, Adobe Systems, Texas Instruments, Toshiba va Salesforce.com kabi shirkatlar joy olgan. Bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turuvchi va mobil qurilmalar bozorida Samsung’ning eng asosiy raqobatchisi hisoblangan Apple korporatsiyasi esa reytingda atigi 21-o‘rinni egalladi. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan ikki o‘rin past. Reputation Institute ushbu reytingni AQShning 27 ming aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov asosida tuzib chiqqan.
Яндекс.Метрика