У нас есть только
оригинальные песни

«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi

calendar 21.04.2018
1812

«Samsung» kompaniyasi egilish xususiyatiga ega yana bir qurilmasini yaratdi. Bu haqda «ITC.ua» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, egiluvchan smartfonning ushbu konsepti «CES 2018» ekspertlarining yopiq uchrashuvida namoyish etilgan. Birinchi model 2,5 dyuymli ikkita yarim ekrandan iborat bo‘lib, u qoq o‘rtasidan bo‘lingan. Shunga qaramay, smartfon korpusining uzunligi 6,3 dyuymli ekran o‘rnatilgan «Galaxy Note 8»dan uzun emas.

Qurilmaning tashqi ko‘rinishi to‘liq o‘lchamli smartfonnikidan farq qilmaydi (korpus o‘rtasidagi «shubhali» sharnirga e’tibor berilmasa, albatta), u orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, messenjerlar orqali yozishish mumkin.

Ikkinchi konsept esa «yon daftarcha» ko‘rinishida bo‘lgan — yopiq holatda u oddiy vertikal smarfonga o‘xshash bo‘ladi, biroq zarurar tug‘ilganida uni kitob kabi ochish va shu orqali qulay planshetga aylantirish mumkin.

Shunday qilib, «Samsung» bir vaqtning o‘zida ikkita egiluvchan smartfonni ommaga taqdim etishi mumkin. Kompaniya bu turdagi smartfonlarni 2019 yil boshidan boshlab, 2 millionta nusxagacha ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Яндекс.Метрика