У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy Note 7 ni o‘chirib, tezroq almashtirishni maslahat berdi

calendar 11.09.2016
2309

Samsung kompaniyasi foydalanuvchilarga Galaxy Note 7 smartfonlarini o‘chirib, tezroq almashtirishni maslahat berdi. Bu haqda, kompaniya bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

“Biz barcha mijozlarimizga almashtirish dasturidan tezroq foydalanishni tavsiya etamiz, negaki xavfsizligingiz biz uchun ustuvordir. Ushbu uskunalarning yangi xaridlari va yetkazmalari to‘xtatildi, lekin sizda Galaxy Note 7 bo‘lsa, biz uni almashtirishni qat’iy so‘raymiz”, — deyiladi bayonotda.

Uskunaning akkumulyatorida muammolar aniqlandi. Foydalanuvchilar telefonlar quvvatlantirish payti o‘t olayotganini xabar qildi. Seulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida kompaniya vakillari akkumulyatorlarning yonishiga nima sabab bo‘layotganini tushuntirib bera olmadi.

Яндекс.Метрика