Samsung Galaxy Note 8 smartfoni ekrani dunyoda tengsiz deb topildi

Galaxy Note 8 smartfoni 6,3-dyuymli, old panelni deyarli to'liq egallovchi OLED-ekranga ega bo'ldi. Uning displeyi Galaxy S8 smartfonining 5,8 dyuymli ekraniga qaraganda 20 foizga katta va 22 foizga yorqinroqdir. Galaxy Note 8'ning eng yorqin ekran ko'rsatkichi 1200 nit'dan ortiqni tashkil qiladi; boshqa hech bir smartfon bunday yuqori ko'rsatkichlarni namoyon qila olmaydi. DisplayMate'da ta`kidlanishicha, Galaxy Note 8 "qachonlardir sayt tarixida sinovdan o'tkazilgan eng innovatsion va yuqori samarali ekran"ga ega. 

Samsung Galaxy Note 8 ekrani 2960x1440 pikselli 3K kontentni qo'llab-quvvatlaydi, tomonlar nisbati - 18,5: 9 = 2,05. Zamonaviy smartfonlarning aksariyati esa 1,78 tomonlar nisbatini taklif qiladi. U 100 foizli DCI-P3c ranglar gammasini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa asosan 4K televizorlarida qo'llaniladi. 

Bundan tashqari, qurilma ekrani UHD Alliance va Mobile HDR Premium sertifikatsiyasini olgan va 4K UHD Premium televizorlar uchun yaratilgan eng yangi kontentni qo'llab-quvvatlaydi. Ekran Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan va Always-on funksiyasi bilan taqdim etiladi. Tez orada qurilma Rossiyada sotuvga chiqadi. 

Galaxy Note 8 ekrani rang tasvirni aniq yetkazib berish, takomillashgan burchak tavsiri, avtomatik yorug'lik boshqaruvi va ishlash rejimi borasida Galaxy S8'ga nisbatan qator ustunliklarga ega. Shuningdek Galaxy Note 8'ning old va orqa tomonlarida avtomatik yorug'likni nazorat qilish uchun datchiklar o'rnatilgan.


Комментарии (0) | Добавить: 30.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi
AQShda hukumat moliyalashtirilishi to‘xtatilishi tufayli Ozodlik haykali sayyohlar uchun yopildi
2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi
«Huawei»ning yangi texnologiyasi smartfonlarni 5 daqiqada quvvatlaydi
«iPhone X»ga talab past. «Apple» uni ishlab chiqarishdan to‘xtatishi mumkin
O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin
Jahon neft zaxiralari miqdori ma`lum qilindi
Turkiya Suriyada urush boshladi. Qachon tugashi noma`lum
Amerika hukumatining chirog‘i o‘chirib qo‘yildi
Chegaradosh va xorijiy davlat fuqarolari qancha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin?
Kichik Roy Jonsning eng so'nggi jangidagi raqibi ma`lum
Kanadada Facebook’ka joylashtirilgan selfi yordamida qotillik fosh etildi
Prezident qarori bilan shrot va sheluxa sotadigan barcha korxonalar tugatildi
Nahotki?! Bitkoin AQSh maxsus xizmatlari loyihasi ekani aytildi