У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S10 ning ilk “jonli” surati tarqaldi. Unda umuman rom yo‘q

calendar 21.06.2018
2827

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S10 smartfonini 2019-yil yanvaridayoq chiqarishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Ayni paytda taniqli bloger va insayder Ice Universe internetga smartfonning “jonli” suratini joyladi, u hayratlanarli ko‘rinishga ega.

Qurilmaning yuza qismida deyarli rom yo‘q, uni to‘liq ekran qoplagan, ekranning tepasida “qosh”ning yo‘qligi ko‘pchilikni xursand qildi. Old panelda hech qanaqa datchiklar ko‘rinmaydi, ular surib chiqariluvchi modullarga “yashirilgan” yoki barmoq izi skaneri bilan birga ekran ostiga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, smartfon mish-mishlarga ko‘ra, foydalanuvchining yuzini tanib oluvchi old 3D-kameraga ega bo‘lishi mumkin.

Avvalroq bo‘lg‘usi flagman 6,2 dyuymli tovush chiqaruvchi displey bilan jihozlanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu mish-mish yangi surat bilan mos tushadi.

Яндекс.Метрика