Samsung Galaxy S10 qachon taqdim etilishi ma`lum bo'ldi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samsung flagmanlarining yangi avlodi - Galaxy S10 smartfonlari haqida ma`lumotlar paydo bo'ldi. Janubiy Koreyaning The Bell nashri shu haqidagi yangiligi bilan bo'lishdi. 

Manbaga ko'ra, Samsung'ning yubiley flagmani 2019 yilning yanvar oyida namoyish etiladi. Joriy yilning fevralida bo'lib o'tgan MWC 2018 ko'rgazmasida Samsung Galaxy S9 taqdim etildi. 

Kelgusi yili Samsung o'z flagmanlarini ertaroq namoyish qilishi kutilmoqda, 25-28 fevral kunlari Barselonada bo'lib o'tadigan Mobile World Congress 2019'da esa anchadan beri kutilayotgan mahsulot - moslashuvchan displeyli taxlanuvchi smartfon taqdimoti o'tkazilishi mumkin. Mantiqan olganda, Galaxy S10 taqdimoti 8-11 yanvar kunlari Las-Vegasda bo'lib o'tadigan CES 2019 ko'rgazmasida o'tkazilishi ehtimoldan xoli emas. 

Bundan avval tarqalgan ma`lumotlarga ko'ra, Galaxy S10 va Galaxy S10+ yubiley flagmanlari Beyond ichki kod nomi bilan yuritilmoqda. ta`kidlash joizki, Galaxy S9'ga - Star, Galaxy S8'ga esa Dream kod-nomlari berilgan edi.

Manbaga ko'ra, smartfonlar 5,8 va 6,3 dyuymli Infinity ekranlariga ega bo'ladi, barmoq izlari skaneri naq displeyning o'ziga integratsiya qilinishi kutilmoqda. Shuningdek yuzni yanada yaxshiroq taniy olishi uchun 3D-kamera funksiyasi ham qo'shilishi mumkinligi aytilmoqda. 

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!