loading...

 

Samsung Galaxy S6 smartfonida jiddiy nuqson borligi aniqlandi


Samsung Galaxy S6 smartfoni va uning egilgan displeyli Galaxy S6 Edge ko'rinishdagi modeli bir oydan keyin sotuvga chiqariladi, biroq smartfonda ba'zi muammolar borligi aniqlandi. Bu yangi qurilmalarni sinovdan o'tkazish paytida Asia Today nashri xodimlari bu qurilma sensorli ekranlarining ramkalarga yaqinroq joylar, ya'ni chetlariga bosishlarni qiyinchilik bilan anglashini aniqlashdi. Bu nuqson smartfonning ikkala modelida ham aniqlangan, biroq Samsung Galaxy S6 bilan bog'liq muammo ko'proq kuzatilgan. Shu bilan birgalikda, nashr bu nuqson qurilmaning ba'zi nusxalarida yoki umuman u yoki bu darajada barcha qurilmalarda uchrashi haqida hech qanday ma'lumot bermagan.
Xabar qilinishicha, nuqsonni maxsus dastur bilan "tuzatib bo'lmadi”, chunki bu nuqson dasturiy emas, balki qurilmaviy muammo sababli sodir bo'lgan. Bu esa ishlab chiqaruvchilardan ko'proq kuch va vaqt talab etadi. Hozircha Samsung kompaniyasi Asia Today xodimlarining smartfonni bozorga chiqarish kunining o'zgartirilishi borasidagi savollarga hech qanday rasmiy javob bermagan. Ma'lumot uchun, Samsung Galaxy S6 smartfoni 2015 yilning 1 martida MWC 2015 ko'rgazmasida rasman namoyish etildi. Full HD ekranga ega bo'lgan o'zidan oldingi modeldan farqli, bu smartfon 2560×1440 pikselli ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lgan 5,1-dyuymli displey bilan jihozlangan, protsessor sifatida Exynos 7420 chipi ishlatilgan. Kompaniya Qualcomm Snapdragon 810 qizib ketishi va buning oqibatida uning ishida sodir bo'ladigan to'xtashlar sababli uni ishlatishdan voz kechdi. Galaxy S6 bilan birga uning ikkala tomonidan egilgan displeyli Galaxy S6 Edge modeli ham namoyish etildi. Qurilmalar 10 apreldan sotilishi rejalashtirilgan edi.

Комментарии (11) | Добавить: 07.03.2015

11. Eclipse02gtrx (13.03.2015 20:57)
Galax ham iphone dan kuchiribtiku baribir iphon dan utaolmaydi tugrimi
10. 3536305 (12.03.2015 16:15)
eeee galaxi s6 yaqinda qayta ishlab cqariladi
9. Bibi (11.03.2015 22:57)
iPhone baribir eng zori
Galaxy xech qachon yetomiydi
8. Alibekuz (09.03.2015 00:49)
Nechi pul ekan blmisilami
7. chimkent (09.03.2015 00:28)
eng zori Taksofon. mana taksafondan kirib otiribmanu.
6. Xunter (08.03.2015 15:04)
Eng zor 11 10bironta nuqson topa olmis
5. DJNext (08.03.2015 07:08)
Galaxylarda bir gap bor
4. DILMUROD7565 (08.03.2015 03:58)
Olamiz kesin
3. mirzabek-1992 (07.03.2015 22:22)
iPhone ga yetadigani yuq
2. F_E_R_U_Z_B_E_K (07.03.2015 18:36)
Uzb ga tezroq kesa zo'r bo'lardi
1-10 11-11
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi
Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi
Skype’ning "yengillashtirilgan" versiyasi taqdim etildi
Xorazmda GM Uzbekistan xodimlari hibsga olindi
Instagram 10ta suratni 1ta postda chiqarish imkonini yaratdi
Urganch-Xiva temir yo'li qachondan ishga tushirilishi ma`lum bo'ldi
Toshkent shahrida pensionerlarga bir oyda jami qancha naqd pul to‘lanadi? Javob — bitta rasmda
O'zbekistonda spays narkotik moddaga tenglashtiriladi
O'zbekistonda xorijiy tillardagi yangi telekanal ochiladi
O'zbekistonda yangi sud: u yerga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilish mumkin
Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi
Chor Minor - Chor minor chor atrofi suv minor
Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do'sti ko'p?
Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi
Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Qalovini topsang qor ham yonar: Toshkentdagi do'konlar 1 martgacha 6 mingta terminal bilan jihozlanadigan bo'ldi
Sog'liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi
Google haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
10 ming so'mlik banknotda Islom Karimov surati bo'ladi
“Odnoklassniki” messenjyeri milliondan ortiq mobil qurilmaga o'rnatildi
Rayhon 2017-yilgi konsert dasturiga FotoNigoh!
Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi
Lindsi Lohan ro'mol sabab Hitrou aeroportida qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazildi
Bryusselda AQShga yana bir shtatni qo'shib qo'yishdi