У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S7 30 daqiqada to'liq quvvat olish imkoniga ega bo'ladi

calendar 14.12.2015
1859

Samsung kompaniyasining 2016 yil mart oyida taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy S7 smartfoni iPhone 6s kabi bosish kuchini aniqlaydigan displeyga ega bo'ladi.

Bundan tashqari, unga o'ta tezkor quvvatlash imkonini beruvchi USB Type-C porti o'rnatiladi. Bu qurilmani 30 daqiqada to'liq quvvatlashga imkon yaratadi. Yangi smartfon o'zidan avvalgi versiyadan farqli ravishda qo'shimcha xotira slotiga ega bo'ladi.

Shuningdek, qurilma telefon korpusidan bo'rtib chiqmagan yaxshilangan kameraga ega bo'ladi.

Taxminlarga ko'ra, Samsung odatdagidek Galaxy S7 smartfonining ekrani bukilgan Edge versiyasini ham taqdim etishi mumkin. 

Яндекс.Метрика