У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S7 Edge’ni O‘zbekistonda 4,9 mln so‘mga xarid qilish mumkin

calendar 23.03.2016
2072

Yaqinda O‘zbekiston bozorlarida Samsung kompaniyasining yangi smartfoni — ikkala yoni qayrilgan displeyga ega Galaxy S7 Edge sotila boshladi.

Smartfon 5,5 dyuymli 2560×1440 pikselli Super AMOLED-displey, sakkiz yadro Exynos 8890 yoki Snapdragon 820 (mintaqaga qarab), 4 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 3600 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.

U Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

S7 Edge’dan bitta barmoq orqali foydalanish qulayroq bo‘lishi uchun, Samsung o‘z dasturiy qobig‘iga yon menyuni qo‘shdi, u barmoq ekran bo‘ylab yurgizilganida o‘ng tomonda paydo bo‘ladi.

Toshkentning “Fleshka” savdo majmuasida Galaxy S7 Edge 4,9 million so‘mga taklif qilinmoqda.

Яндекс.Метрика