У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S7 premium versiyasi 4K-ekran va juda kuchli protsessorga ega bo‘lishi mumkin

calendar 16.11.2015
2689

Samsung kompaniyasi navbatdagi flagmani — Galaxy S7 ustida ishlamoqda. Kompaniya yangi qurilma haqidagi tafsilotlarni sir saqlashga harchand urinsa-da, ba’zi ma’lumotlar internetda tarqalib ulgurdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Galaxy S7 nafaqat klassik, balki “premium” ko‘rinishda ham bo‘ladi. Ilg‘or versiya 4K-displey va 14 yadroli Mali-T880 protsessori bilan farq qiladi. Nashr taxminiga ko‘ra, premium versiya Janubiy Koreya uchun eksklyuziv b‘lib chiqishi ham mumkin.

Shuningdek, Samsung Galaxy S7 o‘tgan yilgi flagmandan arzonroq bo‘lishi, unda Exynos 8890 chipseti qo‘llanilishi, gadjetning bir yo‘la uchta versiyasi taqdim etilishi haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Яндекс.Метрика