У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S7 smartfonining dizayni ma'lum bo'ldi

calendar 25.12.2015
1958

                                             

GizmoChina sayti o'zining manbasiga asoslangan holda smartfon uchun g'iloflar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan Samsung Galaxy S7 suratlarini namoyish qildi.

Suratlarda smartfon g'ilof ichida joylashgan holatda bo'lsa ham, bu uning taxminiy ko'rinishini tushunish imkonini berdi. Uning ovoz baland-pastligini sozlovchi tugmasi korpusning chap, bloklovchi tugma esa o'ng tomonda joylashgan. Quvvatlash uchun port, quloqchin uchun raz'em hamda dinamik korpusning quyi qismida joylashgan.

Suratda smartfonning turli xil diagonaldagi versiyalari uchun g'iloflar taqdim etilgan. Bu Samsung Galaxy S7 bilan birgalikda Samsung Galaxy S7 Plus versiyasi ham taqdim etilishini bildiradi.

Avvalroq Samsung Galaxy S7 2016 yilning fevral oyida taqdim etilishi ma'lum qilingan edi. 

Яндекс.Метрика