У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi

calendar 03.10.2016
2034

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S8 smartfonida 3,5 millimetrlik portdan voz kechadi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Kompaniyaning yangi flagmani 4K-ekranga ega bo‘ladi, axir u virtual reallik uchun dasturlarga mo‘ljallanadi.

Samsung yangi smartfonni fevral oxirida yoki mart boshida — MWC 2017 anjumani (27-fevral—2-mart) o‘tkazilayotgan vaqtda taqdim etadi. Bir nechta insayderlar Samsung Galaxy S8’da 4K UHD (3840×2160 pikselli) ekran bo‘lishini tasdiqladi.

Shuningdek, Galaxy S8 eng yangi Gorilla Glass 5 himoya oynasiga va Samsung Exynos 8995 chipsetiga ega bo‘ladi, u ham virtual reallikka mo‘ljallangan. Asosiy kamera ikkitalik — 12 va 13 megapikselli bo‘ladi, old kamera esa 8 megapikselli.

Insayderlar Galaxy S8 iPhone 7 va 7 Plus kabi 3,5 millimetrlik portdan ayrilishini ta’kidlamoqda. Biroq flagman albatta lightning portiga emas, universal USB Type-C’ga ega bo‘ladi.

Яндекс.Метрика