У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S8 smartfoni 8 Gb operativ xotiraga ega bo'lishi kutilmoqda

calendar 26.12.2016
1973


 

Samsung kompaniyasi 2017 yilda Galaxy S8 flagmanlarining yangi avlodini namoyish qiladi. PhoneArena nashrining xitoylik insayderga asoslanib ma`lum qilishicha, yangi smartfonlar qatori 8 Gb operativ va UFS 2.1 tezkor xotiraga ega bo'ladi. 

Galaxy S8 biryo'la ikki model ko'rinishida taqdim etiladi - asosiy (5 dyuym) va «Plus» pristavkali kattalashtirilgan (6 dyuym). Manbaga ko'ra, ular 8 Gb operativ xotiraga ega bo'ladi. Bundan avvalgi flagman qurilma - Galaxy Note 7 operativ xotirasi esa atigi 4 Gb bo'lgan. 

Flesh-xotirada ham o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Samsung flagmanlari UFS 2.1 tezkor xotira standartiga ega bo'ladi. Galaxy S8 protsessori 10 nanometrli texnik jarayon bo'yicha ishlaydi. Bu Qualcomm va Samsung hamkorligida ishlab chiqarilgan Snapdragon 835 protsessori bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Galaxy S8 taqdimoti 2017 yilning aprelida Nyu-Yorkda bo'lib o'tishi kutilmoqda. 

Яндекс.Метрика