У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S8 xususiyatlari haqida to‘liq

calendar 27.01.2017
3746

Insayder Evan Blass Samsung Galaxy S8 suratini e’lon qilib, bo‘lajak Samsung flagmanlarining barcha xususiyatlarini oshkor etdi.

Lineykada Galaxy S8’ning 5,8 va 6,2 dyuymli ikkita versiyasi bo‘ladi. Displeyni proporsional ravishda emas, balki faqat balandlik jihatidan kattalashtirishdi. Endi tomonlar nisbati odatdagidek 16:9 emas, 18,5:9 ni tashkil etadi. Yangi flagmanning ekrani telefon yuzasining 83 foiz qismini egallagan, bunga displeyning qayrilmaligi va romlarning minimal darajada ekanligi sabab bo‘lgan.

Dizayndagi asosiy o‘zgarishlar — “Uyga” tugmasining hamda yon tomondagi ikkita sensorli tugmaning olib tashlanganligi. Barmoq izi skaneri orqa panelga, kamera obyektividan o‘ngga joylashtirildi.

Galaxy S8 ba’zi bozorlar uchun Snapdragon 835, boshqalari uchun esa Exynos protsessori bilan chiqariladi. 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira (+microSD), 3000 va 3500 mA/soat akkumulyator, 3,5 millimetrli razyom, ikkita dinamik, 12 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlandi.

Shuningdek, smartfonda Bixby yordamchisi hamda qurilmada klaviatura va sichqoncha bilan ishlash uchun uni o‘zgartirilgan interfeysli monitorga ulash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yangi flagmanlar Nyu-Yorkda 29-mart kuni taqdim etiladi, ularning savdosi esa 21-aprelda boshlanadi. Galaxy S8’ning kichik va katta versiyalari tegishli ravishda 799 va 899 yevrodan sotiladi.

Яндекс.Метрика