У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S9’ning ommaviy ishlab chiqarilishi sanasi ma`lum bo'ldi

calendar 09.11.2017
1518

Janubiy Koreya OAVlari yozda Samsung Display yangi Galaxy S9 smartfonlari uchun mo'ljallangan OLED-ekranlarni noyabrda, ya`ni odatdagidan 2 oy oldin yetkazib berishni boshlashi ma`lum qilingandi. Shu ma`lumotlarga asoslanib, Samsung’ning yangi flagman smartfonlari 2018 yilning mart-aprel oylaridan oldin chiqishi haqida gaplar paydo bo'la boshlagandi.

Yaqinda esa ishonchli manba S9 va S9+ smartfonlari keyingi oydayoq ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlashini ma`lum qildi. Agar yangi smartfonlarning ekranlari avvalgidek qolsa, unda Samsung’ga qurilmalarning ichini, jumladan kamerani modernizatsiya qilishgina qoladi. Manbaning ma`lum qilishicha, Galaxy S9’ning orqa qismi sezilarli o'zgaradi, bu esa ikkita yonma-yon kameraning paydo bo'lishi va ehtimol, barmoq izlari skanerining yana old panelga ko'chishini anglatadi.

Insayderlarning ta`kidlashlaricha, Samsung kompaniyasi iPhone X’ga raqobat tashkil qilish uchun Galaxy S9’ning bozorga chiqishini tezlashtirmoqchi. Shu bilan birga, Galaxy S9 va S9+ ekranlarida barmoq izlari skaneri bo'lmaydi va ehtimol, u uchun ekran ostida alohida joy bo'ladi. Shuningdek, qurilma iPhone X’dagi kabi Face ID yuzni tanish tizimi bilan jihozlanishi ham mumkin.

Яндекс.Метрика