У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Galaxy S9 va S9 Plus: rom bo‘lmaydi, naushnik uchun port olib tashlanadi

calendar 31.10.2017
2529

Mish-mishlarga ko‘ra, Samsung ikkita yangi Galaxy S9 flagman qurilmalari ustida anchadan buyon ish olib bormoqda, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Xitoylik ishonchli manba bo‘lg‘usi flagmanning sxematik tasvirlarini, shuningdek, uning ba’zi xususiyatlarini oshkor qildi.

Konseptual tasvirga ko‘ra, Galaxy S9 va S9 Plus xuddi Galaxy S8 va S8 Plus kabi ko‘rinishga ega, ammo quyi qismida deyarli umuman rom yo‘q. Avvalroq yangi flagmanlarning pastki qismida (Home tugmasi o‘rnida) barmoq izi skaneri joylashadigan kesim bo‘lishi aytilgan edi.

Shuningdek, Galaxy S9 5,8 dyuymli Infinity displeyi, 12 megapikselli old va 16 megapikselli orqa kamera bilan jihozlanadi. Samsung barmoq izi datchigini saqlab qolgan holda, 3D-kamera bilan yuzni tanib olish funksiyasini kiritmoqchi.

Manba taxmin qilishicha, kompaniya Galaxy S9 va S9 Plus’da naushnik uchun portni olib tashlashni rejalashtirmoqda.

Яндекс.Метрика