У нас есть только
оригинальные песни

«Samsung Galaxy S9» va «S9+» qanaqa ko‘rinishda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi (foto)

calendar 27.01.2018
2525

Nomdor insayderlardan biri Evan Blass «Samsung»ning navbatdagi flagmanlari qanaqa ko‘rinishda bo‘lishini ma’lum qildi.

O‘zining aniq taxminlari bilan nom qozongan Evan Blass «Samsung Galaxy S9» va «S9+» modellari innovatsion kameraga ega bo‘lishini tasdiqladi.

Ikki smartfon ham o‘xshash dizaynda bo‘ladi — hoshiyasiz 18:9 o‘lchamli «Infinity Dispaly», selfi uchun kamera va beometrik bloklashdan ochish sensorlari jamlanmasi. Qurilmalar «Super AMOLED» displeyi hajmi bilan farqlanadi: «S9» 5,8-dyuymli, «S9+» esa 6,2 dyuymli ekran bilan ta’minlanadi.

Smartfonlar AQSh va Xitoyda «Qualcomm Snapdragon 845» protsessori bilan, qolgan mamlakatlar uchun esa koreys kompaniyasining rasmiy «Exynos 9810» protsessorida chiqariladi. Qurilmalar 4 Gbayt yoki 6 Gbayt operativ hamda 64 yoki 128 Gbayt qo‘shimcha xotira bilan ta’minlanishi kutilyapti.

Blass ma’lumotiga ko‘ra yangi flagmanlar shu yilning 16-martida bozorlarga chiqariladi.

Manba: xabar.uz

Яндекс.Метрика