У нас есть только
оригинальные песни

Samsung Gear S2 "aqlli" soatlari iOS qurilmalarni qo'llab-quvvatlashni boshlaydi

calendar 06.01.2016
1024

Samsung kompaniyasining Gear S2 “aqlli” soatlari 2016 yil oxirigacha  iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarni qo'llab-quvvatlashni boshlaydi. Bu Gear S2 soatlarini iPhone hamda iPad bilan ulash imkonini yaratadi. Bu haqda kompaniya vakili CES 2016 ko'rgazmasida ma'lum qilgan.

Gear S2 Samsung’ga tegishli bo'lgan Tizen opertsion tizimida ishlaydi. Hozirda “aqlli” soatlar Android qurilmalar bilan ishlay oladi.

Ma'lumot uchun, Gear S2 Berlinda bo'lib o'tgan IFA 2015 ko'rgazmasida taqdim etilgan edi. 

Яндекс.Метрика