У нас есть только
оригинальные песни

Samsung kompaniyasi Apple’da bo‘lmagan gadjetni chiqaradi

calendar 18.10.2022
293

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi salomatlik ko‘rsatkichlarini nazorat qiluvchi aqlli uzuk ishlab chiqarmoqchi.

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi na Apple, na boshqa yirik elektronika kompaniyalarida bo‘lmagan gadjetni ishlab chiqarmoqchi.

Naver xabariga ko‘ra, bu – salomatlik ko‘rsatkichlarini nazorat qiluvchi aqlli uzuk. IT giganti allaqachon uni ishlab chiqish jarayonini boshlagan. Samsung oktabr oyida shunga o‘xshash qurilmaga patent olgan edi.

 

Aqlli uzuklar elektronikaning yangi turi emas, bunday gadjetlar allaqachon bozorda bor, ammo hozircha ularning assortimenti kichik va unchalik taniqli bo‘lmagan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi.

Manbalarga ko‘ra, halqaga kamida ikkita maxsus datchik o‘rnatiladi. Ular foydalanuvchiga yurak urish tezligini, EKG va qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Hozircha Samsung aqlli uzukni qachon sotuvga chiqarishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot yo‘q.

Samsung Electronics o‘z gadjetlarida salomatlikni nazorat qiluvchi funksiyalarni muntazam tadbiq qilmoqda. Masalan, yangi Galaxy Watch 5 aqlli soatida qon bosimini o‘lchovchi, elektrokardiogramma oluvchi va qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini aniqlovchi datchiklar bor. Shuningdek, gadjet tana haroratini ham o‘lchay oladi - deb xabar bermoqda "Kun" sayti.

Яндекс.Метрика