У нас есть только
оригинальные песни

Samsung kompaniyasi o'zining yangi avlod yupqa smartfonini taqdim etdi

calendar 01.10.2016
2213

Samsung Electronics kompaniyasi yangi avlod Galaxy A8 smartfonini rasman taqdim etdi. U o'tgan yilning o'rtalarida sotuvga chiqarilgan va kompaniyaning eng ingichka smartfoni bo'lib turgan Galaxy A8 o'rnini egallaydi. Yangi mahsulot avvalgisiga qaraganda qalinroq ekanini yaqqol ko'rish mumkin.
 
Yangi Samsung Galaxy A8 oldingisi kabi — 5,7-dyuymli, 1920 × 1080 piksel o'lchamli  Super AMOLED displeyga ega. Protsessori ham sakkiz yadroligicha saqlab qolingan bo'lsa-da, chip modeli o'zgartirilgan. Qualcomm Snapdragon 615 o'rniga Samsung Exynos 7420 o'rnatilgan.

Operativ hotira hajmi 2 Gbdan 3 Gbga ko'paytirilgan. Batareyasi quvvati ham 3050dan 3300 mA•sga oshirilgan. Telefonning doimiy hotirasi 32 Gbaytni tashkil etadi.

Fotoimkoniyatlari birmuncha o'zgarishlarga duch kelgan. Asosiy kamerasi 16 megapikselligicha qolgan bo'lsa, old kamera 5 emas, 8 megapikselli kameraga almashtirilgan. 

Yangi smartfonning vazni ham sezilarli og'irlashgan (182 gramm, avvalgisi 151 gramm  edi) va qalinlashgan (7,2 mm, avvalgisi 5,9 mm).

Butunlay metall korpusga ega Samsung Galaxy A8 shuningdek, barmoq izlarini skan qila oladi. Smartfon Android 6.0.1 Marshmallow dasturiy ta`minotida faoliyat yuritadi va Always On funktsiyasiga ega (doimo yorqin ekran soat va boshqa habarlarni ko'rsatib turadi).

Janubiy Koreyaning SK Telecom mobil' operatori Samsung Galaxy A8 uchun buyurtmalar qabul qilishni boshlagan. Smartfon narhi 649 ming von (590 dollarga yaqin) ekani aytilmoqda.

Яндекс.Метрика