У нас есть только
оригинальные песни

Samsung S9'dan keyin Galaxy S smartfonlarini ishlab chiqarishni to'xtatadi

calendar 04.02.2018
2216

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi flagman lineykada so'nggisi bo'lishi kutilayotgan Galaxy S9 va Galaxy S9+ smartfonlarini rasman namoyish etadi. 

Yangi qurilmalar bozordagi eng ilg'or texnik ta`minotga ega bo'ladi. Xususan, ular yanada tezkor ishlovchi protsessor bilan ta`minlanadi, batareyaning ishlash vaqti uzaytiriladi, barmoq izlari skaneri esa yangi joyga ko'chiriladi.

Bundan tashqari, S9 flagmanlari kamerasi yangi effektlarga ega bo'ladi, u yorug' bo'lmagan joylarda ham yaxshi ishlaydi va tasvir barqarorligi ta`minlaydi. 

Nisbatan yirik S9+ smartfonlari ham yaxshilangan ob`yektivga ega bo'ladi. 

Samsung kompaniyasi kelgusida Galaxy S modellari qatorini boshqasiga almashtirib, bu modellarni ishlab chiqarishni to'xtatadi, deya ma`lum qilinadi Tekz24 portalida. 

Nashr ma`lumotlariga ko'ra, ishlab chiqaruvchi marketologlar tavsiyasiga binoan rebrending o'tkazishga doir qaror qabul qilgan. Ularning ta`kidlashicha, mobil qurilmalar nomida ikki xonali sonlar auditoriya tomonidan yaxshi qabul qilinmaydi. 

Яндекс.Метрика