У нас есть только
оригинальные песни

Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi

calendar 28.05.2017
1710

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi yapon bozorida yangi Galaxy Feel smartfonini taqdim etdi. Bu gadjyet ishlab chiqaruvchining biror bir smartfonlar qatoriga kirmasligi bilan nom qozondi.

Galaxy Feel kompaniyaning mobil qurilmalari uchun an`anaviy hisoblangan dizaynda ishlangan, kichik farqi - qirralari shaklida. Smartfon yapon bozoridan boshqa bozorlarga chiqish yo chiqmasligi noma`lum. 

Qurilma 4,7 dyuymli 1280X720 Super AMOLED ekraniga ega. Smartfon 1,6 GGts chastotali sakkiz yadroli SoC protsessorida ishlaydi. Smartfon 3 Gb operativ va 32 Gb flesh-xotiraga ega. Shuningdek u 16 va 5 Mp'li ikki kamera bilan ta`minlangan. 

Yangi smartfon 3000 mAs sig'imli akkumulyatorda ishlaydi, unda barmoq izlari skaneri mavjud. Gadjyet suv tushishidan himoyalangan. Android 7.0 operatsion tizimida ishlaydi. Galaxy Feel sotuvlari bilan DoCoMo operatori shug'ullanadi. U uch xil rangda taqdim etilgan: pushti, oq va qora. Narxi - 325 dollar.

Яндекс.Метрика