У нас есть только
оригинальные песни

Samsung yangi Galaxy On7 arzon smartfonini chiqardi

calendar 27.09.2016
2104

Samsung 2015-yil oktabrida Galaxy On lineykasini taqdim etgan edi, u Xitoy bozori uchun ishlab chiqilgan edi. Bir yildan so‘ng kompaniya seriyani yangiladi — Xitoyda 2016-model yiliga tegishli Galaxy On7 smartfonini sotuvga chiqardi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Tez orada, shuningdek, Galaxy On5 va Galaxy On8 chiqarilishi kutilmoqda, On8 eksklyuziv tarzda Hindistonda taqdim etiladi.

Galaxy On7 va On5 old paneldagi Home tugmasiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneriga ega bo‘ldi. Qurilmalar xususiyatlari o‘rtachadan balandroq: ekspertlar Galaxy On7’ni Galaxy J7 Prime’ning yaxshilangan versiyasi deb hisoblaydi. Kichik modelning narxi taxminan 9 190 rupiya (140 dollar)ga teng, kattasi esa 11 990 rupiya (180 dollar)ga taklif qilinmoqda.

Galaxy On7 8 yadroli Snapdragon 625 chipseti, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira (256 gigabaytgacha microSD), 5,5 dyuymli va 1080×1920 pikselli Super AMOLED displey, 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega bo‘ldi.

Яндекс.Метрика