У нас есть только
оригинальные песни

Samsung yangi Galaxy S6 smartfonini yanvar oyida taqdim etishi mumkin

calendar 17.12.2014
3153

Janubiy Koreya nashrlarining ma’lumotlariga ko‘ra Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S6 smartfonini yanvar oyida taqdim etishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya flagman smartfoni Galaxy S5’ni yaxshi sota olmagan va shu bois uning davomchisi deya atalayotgan Galaxy S6 smartfonini kutilgan muddatdan avvalroq taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Yangi Samsung Galaxy S6 smartfonida Snapdragon 810 yoki Exynos 7 Octa protsessori, Quad HD displeyi o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga yangi Samsung smartfonlari Galaxy Alpha, Note 4 va Galaxy A lineykasidagi gadjetlar kabi yarim-metall korpusli bo‘lishi mumkin.
Яндекс.Метрика