У нас есть только
оригинальные песни

Samsung yangi reklamada Apple’ning ustidan kuldi

calendar 07.11.2017
2568

Samsung kompaniyasi yangi reklama rolikini taqdim etdi. Unda kompaniya Apple foydalanuvchilariga katta bo‘lishni va Samsung Galaxy telefonlarini sotib olishni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Reklama syujetiga ko‘ra, o‘smir 2007-yilda o‘zining birinchi iPhone’ini sotib olgan. Uch yildan so‘ng telefon buzilgan, keyin esa rolik qahramoni iPhone SE ni sotib olgan, keyinroq esa — iPhone 7. Bu vaqt ichida u Samsung’dan foydalanadigan qiz bilan uchrashadi. O‘smir qizning telefoni mustahkamroq va qulayroq ekanligini ko‘radi. Rolik so‘ngida u iPhone X uchun navbatda turgan kam sonli kishilarni ko‘radi va ularning yonidan o‘tib ketadi.

Rolikda Samsung iPhone X ekranining ustidan ham kulgan. Yangi model uchun navbatda turgan erkakning soch turmagida iPhone X ekranidagi kabi “peshonacha” bor.

 

Яндекс.Метрика