Samsung yangi smartfonlarini ortiqcha shov-shuvsiz taqdim etdi

Samsung kompaniyasining Indoneziyadagi saytida hali rasman taqdim qilinmagan Galaxy A6 va A6+ smartfonlari haqida ma`lumotlar paydo bo'ldi. Shu tariqa yangi smartfonlarni “imi-jimida” taqdim qilingan deb hisoblash mumkin, deb ma`lum qilmoqda Sam Mobile portali.

Samsung Galaxy A6 5,6 dyuymli, tomonlari nisbati 18,5:9 bo'lgan Super AMOLED displeyi, 8 yadroli Exynos 7870 protsessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira, qo'shimcha 256 Gb xotira o'rnatish uchun slot bilan jihozlangan. Ba`zi bozorlarda smartfonning 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotiraga ega versiyalari paydo bo'lishi mumkin.

Smartfonning asosiy kamerasi 16 Mp li sensorli va old kamerasi ham 16 Mpli bo'lib, uning yorug'lik-diodli chaqnog'i (vspishka) bor. Smartfon akkumulyatori 3000 mA-soat sig'imga ega. Qurilmaning narxi 300-340 yevro atrofida bo'ladi. 

Samsung Galaxy A6+ esa 6 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Smartfon A6 kabi “to'liq ekranli” dizaynga egaligi sababli ekran ostidagi “Home” tugmasidan mahrum bo'lgan. Barmoq izlari skaneri orqa panelga ko'chirilgan. Smartfon bir kristalli Qualcomm Snapdragon 450 tizimi asosida qurilgan va 3/4 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira bilan jihozlanadi. MicroSD sloti 400 Gb gacha xotira kartasini o'rnatish imkonini beradi.

Smartfonning orqa tomonida 16 va 5 Mpli kameralardan iborat ikkita yonma-yon kamera joylashgan. Yordamchi kamera keskinlik chuqurligi (fonning yoyilishi) bilan ishlash uchun mo'ljallangan. Frontal kamera 24 Mpli bo'lib, yorug'lik-diodli chaqnoqqa ega. Smartfon Bluetooth 5.0’ni qo'llab-quvvatlaydi, akkumulyatori sig'imi 5000 mA-soatni tashkil qiladi. Qurilma narxi 360-400 yevro atrofida bo'ladi.


Комментарии (0) | Добавить: 03.05.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi
«YouTube»dagi siz bilmagan 8 funksiya
«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi
Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi
Endi STIRni DXMdan olish mumkin
“Nima qilishga ham hayronman”. Sitora Farmonova “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi
Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?
«Instagram» repost funksiyasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi?
O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi
Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi
Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga imtihonda qo‘l soat taqish taqiqlandi
Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi
AQShlik maosh oluvchi echki
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin
2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo'lli” donor oxirgi marta qon topshirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi
Bokuda xalqaro savdo porti ochildi
Ro'za tutish qoidalarini bilasizmi?
Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi
Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi
“O'zagroeksport” sarimsoq piyozning xarid narxini e`lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashdi
“Mening fikrim” portalida Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Qahramoni unvonini berish taklif qilindi
Kambag‘allikka sabab bo‘luvchi amallar