У нас есть только
оригинальные песни

Samsung yog' va suvni qaytaruvchi shisha ishlab chiqdi

calendar 01.10.2016
1589

Yuqori tehnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi kunda smartfondan foydalanmayotgan kishini topish ancha mushkul ish. Biroq, ularning smartfondagi g'ashiga teguvchi narsa — bir lahzada barmoq izlari va changni o'ziga olishidir. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ushbu muammoning ham Yechimini topganini da`vo qilib, yangi ihtirosi uchun patent olishga muvaffaq ham bo'ldi. Yangi shisha turi moy va suvni o'ziga yuqtirmasligi ta`kidlanmoqda. Bu haqdagi videolavha Ouk Rijdagi Milliy laboratoriyaning YouTube-kanaliga joylashtirilgan. 

Shunday qilib, tez orada smartfon foydalanuvchilari telefon ekranida iz qolishidan nolimasliklari aniq. Agar oddiy suvga chidamli material 90 daraja burchakda tushgan suvni o'ziga yuqtirmasa, yangi ishlanma supergidrofob hisoblanadi. Yangi polimer 150 daraja burchakda tushgan suvni ham o'ziga yuqtirmaydi hamda yuzada iz qoldirmaydi. 

Rasman yangi material shaffof polimer hisoblanadi, biroq, ekspertlarning uqdirishlaricha, ishlab chiqaruvchi uni ekranni himoya qiluvchi va orqa qopqoqlarni ishlab chiqarishda foydalanish niyatida. Mutahassis, videoda yangi polimer bilan ishlov berilgan shisha suvni qanday singdirmasligini namoyish etgan. 

Яндекс.Метрика