У нас есть только
оригинальные песни

Samvel Babayan terma jamoaga yana bir yangi futbolchini taklif qildi

calendar 28.03.2017
1916

O'zbekiston terma jamoasi yig'iniga «Bunyodkor» klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov ham qo'shildi, deb yozmoqda Tribuna.uz.

Manbaga ko'ra, Qatarda O'zbekiston U-22 bilan yig'in o'tkazib qaytgan Ashurmatov kecha zudlik bilan terma jamoa ixtiyoriga yetib borgan.

Eslatib o'tamiz, Vitaliy Denisovning jarohat olgani va Islom To'xtaxo'jayevning diskvalifikatsiyasi bois himoya chizig'ida muammolar paydo bo'lgandi. Shu bois oldinroq murabbiylar shtabi «Qo'qon-1912» futbolchisi Ruslan Merzlyakovni tarkibga chaqirgandi.

 

Яндекс.Метрика