У нас есть только
оригинальные песни

Sanders demokratlar Tramp ustidan g'alaba qilishi uchun Klinton bilan hamkorlik qiladi

calendar 17.06.2016
725

AQSh prezidentligi uchun birinchi bosqichda nomzod bo'lgan senator Berni Sanders o'z tarafdorlariga qilgan murojaatida u Demokratlar partiyasi uchun yaxshi bo'lishi va Respublikachilar vakili Donald Tramp ustidan g'alaba qozonilishi uchun partiya ichidagi raqibi Hillari Klinton bilan birlashishi haqida gapirgan. Bu hada Associated Press xabar tarqatdi.

Vermont shtatidan bo'lgan senatorning aytishicha, uning tarafdorlari Donald Tramp ustidan g'alaba qozonilishini istaydi. Ushbu siyosatchi ushbu yo'nalishda harakat qilish uchun "qisqa bo'lsada vaqtga ega ekani"ni ma'lum qilgan.

"Lekin Tramp ustidan g'alaba bizning yagona maqsadimiz bo'lmasligi kerak. Biz orzudagi Amerikani qurishda davom etishimiz kerak", — degan Sanders.

Uning so'zlariga ko'ra, u Hillari Klinton bilan Demokratik partiya transformatsiyasi ustida ishlaydi. Bu loyihaga ko'ra, "partiya nafaqat homiylarni, balki ishchilar tabaqasi va yoshlarni birlashtiradi".

Яндекс.Метрика