У нас есть только
оригинальные песни

Sanders Trampning prezident bo'lishini AQSh uchun falokat deb atadi

calendar 06.10.2016
1115

AQSh prezidentligi saylovida Demokratlar partiyasidan sobiq nomzod Berni Sanders Respublikachilar partiyasi nomzodi Donal'd Trampning prezidentligi mamlakat uchun falokat bo'lishini aytib o'tdi.

"Men bu saylovlarni favqulodda muhim deb bilanman. Donal'd Tramp prezident bo'lishi - bu mamlakat uchun falokatdir... Biz Tramp kabi prezidentni istaymizmi? U saylovoldi kampaniyasini fanatizm asosida qurdiku... Bu nomzod har kuni ayollarni kamsitadi va ularga hujum qiladi", degan Sanders RT telekanali muhbiri Ed Shul'tsga bergan interv'yusida.

AQSh prezidentligi va kongressning ikki palatasi uchun saylovlar 8 noyabr' kuni bo'lib o'tadi. Barak Obama ikkinchi muddatini yakunlamoqda va saylovda nomzodi bilan ishtirok etish huquqiga ega bo'lmadi. 

Яндекс.Метрика