Sankt-Peterburgning Viborgsk tumanidagi avtojihozlar omborida yuzaga kelgan yong'in maydoni 10 ming kv.m.ga kengaydi, deb ma'lum qilmoqda Rossiya FVVning bosh boshqarmasi.
Ma'lum bo'lishicha, ayni damda yong'in bartaraf etilgan.
Omborxonada mashina moyi suyuqligi va karton qutilarda mashina jihozlari bo'lgan.
Ko'p sonli guvohlar yong'inning surati va videolarini internetga joylashtirishgan.
Jabr chekkanlar haqda, ayni vaqtda, ma'lumotlar yo'q.
Rossiya FVVning ta'kidlashicha, yong'in zararli moddalarning me'yordan ortiq saqlangani uchun kelib chiqqan.