У нас есть только
оригинальные песни

Santa-Klaus o‘zining Shimoliy qutbdagi uyida qattiq uyquga ketdi

calendar 26.12.2015
1789

Santa-Klausni tashib yuradigan chana Shimoliy qutbga qaytdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.

                   

Rojdestvo kechasida qishki sehrgar Yerning deyarli barcha davlatlaridan uchib o‘tib, mahalliy bolalarga sovg‘alar ulashib chiqdi.

Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofaasi birlashgan qo‘mondonligining (NORAD) bayon qilishicha, Santa-Klaus uyiga qaytdi va hozir u qattiq uyquda. Uning jahon bo‘ylab qilgan sayridagi so‘nggi bekat Amerikaning Gavayi shahri bo‘ldi.

Santa-Klaus Shimoliy qutbdan 24-dekabr kuni uchib chiqib, o‘zining Rojdestvoga bag‘ishlangan sayrini 25-dekabr kuni ertalab Kanada va AQShning sharqiy sohillarida tugatdi.

Shimoliy Amerika hududi bo‘ylab qilgan parvozi davomida, Santa chanasining uchish xavfsizligini ta’minlash maqsadida, unga Amerika va Kanada Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari hamroh bo‘ldi.

Яндекс.Метрика