У нас есть только
оригинальные песни

Saqich chaynash plombaga zarar yetkazadimi?

calendar 09.01.2018
989

Shifokorlarning aytishicha, uzoq muddat va ko‘p saqich chaynash oqibatida tish plombasiga zarar yetishi mumkin.

Saqich aslida ovqatdan keyin hidni yo‘qotish, hazm qilish, ovqat qoldiqlaridan og‘izni tozalash maqsadida chaynaladi. Shu bois, uni ovqatdan so‘ng 5 daqiqa chaynash kifoya. Uni soatlab chaynash xatoligini esa hammamiz bilamiz, biroq unga amal qilmaymiz.

Qolaversa, agar tishdagi plomba sifatsiz bo‘lsa, unda bunday tishlar uchun saqich va iris konfetlar xavfli. Shuningdek, bu mahsulotlarni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish, nafaqat tish plombasiga, balki emaliga ham ziyon yetkazadi.

Яндекс.Метрика