У нас есть только
оригинальные песни

Sardor Milano: Qo‘shiqchilik faoliyatimni Amerikada davom ettiraman

calendar 16.11.2015
2004

Sardor Milano “Glavnaya ssena” loyihasidagi g‘alabasidan so‘ng omma orasida mashhurlikka erishdi. U vokalda noyob qobiliyatga ega. 3,5 oktavaga ega bo‘lgan Sardor bir vaqtning o‘zida ikki diapazonda kuylay oladi. Qo‘shiqchining kelgusidagi rejalari haqida “Gazeta.uz” xabar beradi.

Avvalroq Sardor Milano hozircha kuni belgilanmagan Toshkentdagi yakkaxon konsertiga soxta chiptalar sotilayotgani haqida ma’lum qilgandi.

“Men Toshkentga kelib, Yoshlar simfonik orkestri bilan birga konsert dasturiga faol tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Jamoamiz bilan konsertga to‘liq shay holatdamiz. Biroq bizga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, konsertning o‘tkazilishi noaniq bo‘lib qolmoqda”, — deydi qo‘shiqchi.

Sardor Milano, shuningdek, o‘zining qo‘shiqchilik faoliyatini Amerikada davom ettirmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Hozirda unga hamkorlik to‘g‘risida bir nechta takliflar bildirilganligi va uning manfaatlarini rasmiy menejeri ifoda etayotganligini xabar berdi.

Яндекс.Метрика