У нас есть только
оригинальные песни

SARDOR RAHIMXON DILSO'Z YOKI RAYHON yohud RAYHONGA UYLANAMAN DEGANLARI BISYOR!!!

calendar 01.06.2011
2027
Voy eshitdilarmi anavi rus estrada yulduzi evrovidiya g'olibi Dima Bilan borku o'shachi o'zimizga Rayhonga sovchi qo'yganmish degan mish mish yuribdi. Avvaliga Ozodbek kegin Sardor Rahimxon va nixoyat Dimajon. Ha Rayhon senga uylanaman deganlari bisyor. To'g'risi bu mish mishni eshitib hayron qoldim va tog'risi ishonmadim. Shu sabab jurnalistik surishturuv olib bordim. Natija esa quyidagicha: Yaqinda Dima Bilan O'zbekistonga kelar ekan shunda Rayhon bilan duet aytashi rejalashtirolmoqda ekan. O'zbek besh qo'shib gapiradi deganlari shu bo'lsa kerakda. Qo'yil o'zbek mish mishlari BBC bo'lib ketilarey. Hullas bu navbatdagi mish mish ekan. Rayhon esa mish mishlarga ahamiyat bermasdan shou-biznesda sensatsiyalar tayyorlashni davom etmoqda. Rayhon yaqindagina fotosessiya o'tkazgan edi bugun esa yana o'z muhlislariga yangi 20 tadan ortiq fotolarni namoyish etdi. Undan tashqari Sardor Rahimxon bilan aytilgan duetga klip olish niyatida.
Bu orada Sardor Rahimxon ham Rayhondan qolish niyati yo'q hozirda ''News stars''pradyuserlik markazini rivontirish hamda yangi yulduzlarni kashf etish bilan birgalikda. Yangi albom va Dilso'z bilan aytilgan qo'shiqqa klip oldirmoqda.Shpionlarimizni aytishiga qaraganda Sardor Dilso'z bilan aytilgan qo'shiqqa katta etibor berayotgan emish. Undan tashqari Sardor ''Eyfariya'' nomli dvd formatida diskni muhlislariga taqdim etdi. Bu dvd jamlanmada Sardordi barcha kliplari hamda ''New star ''media yulduzlarini kliplarini ham ko'rishiz mumkun. Sardorni yangi dvd formatidagi kliplar jamlanmasi hamda yangi albomini ''nirvana''do'koni va ''nirvani'' do'konlari tarmog'idan sotib olishiz munkun. Sardor yana mustaqilligimizning 20 yilligiga sovg'a tayyorlayotgan emish. Tez kunda Sardordi konsert berishi haqida yangilik eshitib qolsak ham ajab emas. Demak shou-biznes olamida raqobat avjida. Nima ham derdik barcha yulduzlarimizga ijodiy omadlar tilaymiz. Qiziq Sardor Rahimxondi Dilso'z bilan aytgan dueti hit bo'ladimikin, yoki Rayhon bilan aytgan dueti hit bo'ladimikin. Sizchi siz nima deb o'ylaysiz. Sardor Rahimxon Dilso'z yoki Rayhon.
Яндекс.Метрика