У нас есть только
оригинальные песни

Sardor Rahimxon va Manzura Moskvada tashkil etilgan Navro‘z tantanalarida chiqish qildi

calendar 11.04.2016
1318

‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskva shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazdi. Bayramga jami 35 ming kishi tashrif buyurdi.

Kechani diplomatik missiya rahbari Bahrom Ashrafxanov ochib berdi. U o‘z chiqishida Navro‘zni barcha millat vakillarini birlashtiruvchi bayram deb hisoblashini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda, shuningdek, faxriy mehmonlar sifatida MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev, bir qator davlatlar elchilari, RF prezidenti huzuridagi millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash a’zosi Vladimir Zorin, jurnalistlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bayramni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Axborot” dasturi guruhi yoritib bordi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon hamda taniqli xonanda Manzura ishtirok etib, o‘z kuylari bilan tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Яндекс.Метрика