У нас есть только
оригинальные песни

Saudiya Arabistoni o'z fuqarolariga Eronga borishni man qildi

calendar 05.01.2016
1075

Saudiya Arabistoni hukumati o'z fuqarolariga Eronga ziyorat maqsadidan boshqa maqsadlarda borishni taqiqladi. Bu haqda mamlakat TIV ma'lumotida aytilgan.

Shuningdek, barcha tijorat aloqalari bekor qilinishi aytilgan.

Eslatib o'tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ'ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.

3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligi bildirilgandi.

Mazkur qarorlarga Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilingani sabab bo'lgan.

Яндекс.Метрика