У нас есть только
оригинальные песни

Saudiya Arabistoni politsiyasi Pepsi qutilarida yashirilgan pivolarni ushlab qoldi

calendar 13.11.2015
2943

Saudiya Arabistoni politsiyasi mamlakatga Pepsi salqin ichimligi niqobida olib kirilmoqchi bo'lgan 48 ming Heineken pivo bankasini ushlab qoldi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.

Voqea BAA va Saudiya Arabistoni bojxona tekshiruvida sodir bo'lgan. Bojxona xizmati boshlig'i Abdurahmon al Maxnaning ma'lum qilishicha, bir qarashdanoq salqin ichimlik ko'rinishiga ega idishlar maxsus bojxona tekshiruvidan so'ng, ularning ichida pivo borligi, bankalar shunchaki salqin ichimlik etiketkasi bilan yashirilingani ma'lum bo'lgan.

“Kontarbandachilar ularga qarshi qanchalik kurashilsa, shunchalik boshqa usullarni qo'llashga harakat qilishyapti”, — dedi al Maxna.

Яндекс.Метрика