У нас есть только
оригинальные песни

Saudiya Arabistonida birinchi marta ayollarga haydovchilik guvohnomasi topshirildi

calendar 04.06.2018
775

Saudiya Arabistoni yo'l harakati bosh boshqarmasi 4 iyunda birinchi marta ayollarga haydovchilik guvohnomalarini topshirdi. Ayollar 24 iyundan mashina haydashni boshlash uchun xalqaro tan olingan haydovchilik guvohnomalarini mahalliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirganlar. 

Yo'l politsiyasi zobit qutlov so'zlaridan keyin bir qizga guvohnoma topshirayotgani, qiz esa yo'l politsiyasi xodimlari olqishlari ostida minatdorlik bildirayotgani videosini e`lon qildi. 

Ayollarga guvohnomalarni topshirish marosimlari bir nechta shaharda o'tgan.

Saudiya Arabistoni hukumati boshqa davlatlar haydovchilik guvohnomalariga ega ayollarga bu guvohnomalarni avtomatik ravishda mahalliy guvohnomalarga almashtirishga ruxsat berdi.

2017 yilda qirol Salmon saudiyalik ayollarga mashina haydashga ruxsat beruvchi farmon qabul qilgandi. Ushbu farmon mamlakatda ayollarning mashina haydashlari uchun tayyorgarlik yakunlangandan keyin 24 iyundan kuchga kiradi.

Яндекс.Метрика