Saudiya Arabistonida noturar joy binolarida iste'molchilar uchun suv narxi oshiriladi. Bu haqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yil 16 dekabrdan sanoat va hukumat binolarida hamda yirik korporatsiyalar binolarida suv narxi 2 barobardan ko'proqqa, ya'ni 1 kub metri narxi 9 rialgacha (2,4 dollar) oshiriladi.
Mamlakat ma'muriyatidagi noma'lum manbaning ma'lumotiga ko'ra, suv narxi uning iste'mol qilinishini kamaytirish va me'yordan ko'p ishlatilishiga qarshilik ko'rsatish maqsadida oshirilmoqda.
Turar-joy binolarida yashovchilar suvga eski narxda haq to'layveradilar. Suv narxining oshirilishi neft narxi tushishi sababli 100 mlrd dollargacha oshgan byudjet defitsitini qoplash uchun ham qaratilgan.
Bu energiyadan foydalanishni ham kamaytiradi, chunki suvning katta qismi chuchuklantiruvchi qurilmalar orqali olinadi.