У нас есть только
оригинальные песни

Saudiya Arabistonida Wi-Fi o‘g‘irlash gunoh deb tan olindi

calendar 02.06.2016
1252

Saudiyalik ilohiyotchi begonaning Wi-Fi tarmog‘idan ruxsatsiz foydalanishga qarshi fatvo chiqardi. Bu haqda, The Independent nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

“Wi-Fi’dan norasmiy yoki egasi va provayder ruxsatisiz foydalanish mumkin emas. Wi-Fi’dan foydalanmay turib xizmat ko‘rsatuvchi yoki unga haq to‘lagan kishi bilan maslahatlashmoq joiz”, — deyiladi Saudiya Arabistoni ilmiy tadqiqotlar va fiqh bo‘yicha Oliy qo‘mitasi a’zosi Ali al-Hakamiyning fatvosida.

Shu bilan birga, hujjatda savdo markazlari, bog‘lar, kafelar, mehmonxonalar va davlat idoralaridagi Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish gunoh emasligi ta’kidlab o‘tiladi.

Яндекс.Метрика