У нас есть только
оригинальные песни

Saudiya qiroli o'z o'g'lini AQShga elchi etib tayinladi

calendar 23.04.2017
1110

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud mamlakatning Vashingtondagi elchixonasiga yangi rahbar tayinladi. Yangi elchi qirolning o'g'li shahzoda Holid bo'ldi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.    

"Shahzoda Abdulloh ibn Faysal ibn Turkiy AQShdagi elchilikdan olindi. Yangi elchi etib shahzoda Holid ibn Salmon ibn Abdulaziz tayinlandi", deb aytilgan qirol farmonida. Shahzoda Abdulloh bu lavozimni bir yildan sal ko'proq vaqt egallagan.

Jamoatchilik aloqalari bo'yicha Saudiya-AQSh qo'mitasi rahbari Salmon al-Ansoriyning ma`lum qilishicha, shahzoda Holid Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlarining IShIDga qarshi koalitsiya operatsiyalarida ishtirok etuvchi uchuvchisi hisoblanadi. 

Yangi elchi qirol tomondan 22 aprelda amalga oshirilgan bir qator lavozim o'zgartirishlar doirasida tayinlandi. Qirol davlat xizmati va armiya qo'mondoni ishlari bo'yicha vazirni, axborot vazirini o'z lavozimidan ozod qildi, milliy xavfsizlik markaziga asos soldi va mamlakatning bosh investitsion boshqarmasiga yangi rahbar tayinladi.

Яндекс.Метрика